“Yangi hayot”da yangi bog‘cha

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Yangi hayot” mahallasida zamonaviy 120 o‘rinli 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi bog‘chaning ochilishi maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda ota-onalar uchun qulay sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tashkilotda zamonaviy guruh xonalari, musiqa va sport mashg‘ulotlari uchun maxsus xonalar, oshxona hamda bolalar salomatligini asrashga xizmat qiluvchi zarur infratuzilma barpo etilgan.

Mazkur bog‘cha mahalladagi bolajonlarning barkamol voyaga yetishi uchun munosib sharoit yaratib, maktabgacha ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun