“Prezident hojilari” safardan qaytdi

Date:

Muqaddas Haj ziyoratini ado etib qaytayotgan surxondaryolik hojilarni kutib olish tadbirlari viloyatda boshlandi. Joriy yilda “Prezident hojisi” maqomiga sazovor bo‘lgan 7 nafar vohadoshimiz muborak safarni muvaffaqiyatli yakunlab, Vatanga qaytdi.

Ilk ziyoratchilar viloyat mutasaddilari, diniy soha vakillari hamda yaqinlari tomonidan tantanali va samimiy ruhda kutib olindi. Marosimda hojilar muborak amallarni sog‘-salomat ado etib kelgani bilan qutlanib, ularning duolari ijobat bo‘lishi tilandi.

O‘z navbatida, hojilar safar davomida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, muqaddas maskanlarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Surxon vohasining ravnaqi uchun duolar qilganliklarini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...

Xakatonda g‘olib

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev "InfoCheck...

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...
KunTun
KunTun