Masofa 146 kilometrga qisqaradi

Date:

Surxondaryoda yirik yo‘l infratuzilmasi loyihasi amalga oshirilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida “Darband – Boysun – Elbayon” va “Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov” avtomobil yo‘llarining 111 kilometrlik qismi qayta qurilmoqda.

Loyiha doirasida zamonaviy sement-beton qoplamali yo‘llar barpo etilib, rekonstruksiya ishlari Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlarida olib borilmoqda.

Darband – Denov avtomagistrali to‘liq foydalanishga topshirilgach, M39 va M41 xalqaro magistrallari eng qisqa yo‘nalish orqali bog‘lanadi. Natijada Surxondaryodan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 146 kilometrga qisqarib, transport qatnovi tezlashadi, yo‘lovchilar va yuk tashuvchilar xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun