“Ilk qadam” dasturi: o‘quv kurslari boshlandi

Date:

Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi doirasidagi qisqa muddatli kurslarning 3-bosqichi boshlandi.

Dastur Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida amalga oshirilib, mazkur bosqichda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Ular zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim sifatini oshirish hamda “Ilk qadam” dasturini samarali tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi — bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishdir.

Seminarlar bugun Termiz shahri, shuningdek Angor, Bandixon, Boysun va Oltinsoy tumanlarida tashkil etilmoqda. O‘quvlar bosqichma-bosqich barcha hududlarni qamrab oladi va yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun