Bolalar oromgohga kuzatildi

Date:

Yosh avlodning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom dam olishi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi garnizonlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar farzandlari uchun quvonchli tadbir tashkil etildi.

Termiz, Kakaydi va Hayrabod garnizonlaridan kelgan bolalar Termiz temir yo‘l vokzali orqali Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Tong” bolalar oromgohiga tantanali ravishda kuzatildi. Jarayon bayramona kayfiyat, quvonch va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bolajonlarga mazmunli hordiq, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlarga boy dam olish tilaklarini bildirishdi.

Rejaga ko‘ra, bolalar 14 kun davomida oromgohda dam olib, turli sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Mazkur tashabbus harbiy xizmatchilar oilalarini qo‘llab-quvvatlash, bolalarning yozgi ta’tilini sermazmun tashkil etish hamda ularning jismoniy va ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaUnutilmas kun
Keyingi sahifaMaqsad bir, marra bizniki

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ilk qadam” dasturi: o‘quv kurslari boshlandi

Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng...

“Yoshlar biznesi”: imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi...

Marafonda barcha faol

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush...

2 344 tonna hosil yig‘ildi

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida erishilayotgan yutuqlar hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida...
KunTun
KunTun