Unutilmas kun

Date:

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Hayrabod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda bolalar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratildi.

Bayram dasturi doirasida “Ranglar jilosi” ijodiy mashg‘uloti, turli viktorinalar, qiziqarli o‘yinlar va sport bellashuvlari o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar chiqishlar esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ezgu tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur bayram tadbirlari bolalar manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va baxtli bolalik muhitini yaratishga qaratilgan ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun