Gʻalla o‘rimi va g‘o‘za parvarishi nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rimi qizg‘in pallaga kirdi. Ayrim fermer xo‘jaliklarida har gektardan 100–110 sentnergacha hosil olinayotgani agrar sohadagi samarali mehnat natijasidir.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi hamda g‘o‘za parvarishi jarayonlarini o‘rgandi. Tashrif davomida yuqori hosildorlikka erishayotgan fermerlar faoliyati bilan tanishilib, “Shinjon” usulida ekilgan g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga hosilni qisqa muddatlarda va talafotsiz yig‘ib olish, shuningdek, g‘o‘za parvarishini belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Bu ishlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun