Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Date:

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi va byurokratik to‘siqlar qisqartiriladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazilib, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, 2026-yildan ustuvor yo‘nalishlarga qabul qilingan doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya to‘lanadi. 2027-yildan esa ilmiy daraja olishda chet tilidan imtihon topshirish talabi doktorantlar uchun bekor qilinib, faqat mustaqil izlanuvchilarga tatbiq etiladi.

Mazkur o‘zgarishlar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish va mamlakat ilm-fan salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun