AQSHda 250 dollarlik banknota muhokamada

Date:

AQSHda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknota chiqarish g‘oyasi muhokama qilinmoqda.

Agar loyiha amalga oshsa, AQSH tarixida so‘nggi 160 yil ichida ilk bor tirik insonning surati milliy valyutada aks etadi. Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra, banknotalarda faqat vafot etgan shaxslarning tasviri bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday banknotani muomalaga chiqarish uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritish, huquqiy ekspertiza va murakkab texnik jarayonlarni amalga oshirish talab etiladi. Shu bois mazkur tashabbus nafaqat yangi kupyura yaratish, balki AQSHning ko‘p yillik valyuta an’analarini o‘zgartirishi mumkinligi bilan ham ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun