823,9 million so‘mlik loyiha asosida…

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida qiymati 823,9 million so‘mlik loyiha asosida Madaniyat bo‘limi uchun zamonaviy moddiy-texnik vositalar foydalanishga topshirildi. Mazkur yangilanish hududda madaniy hayotni yanada rivojlantirish va yoshlarning san’atga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Neftchilar mahallasiga tashrifi davomida hududni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, mahallaning ichimlik suvi tarmog‘i To‘palang tizimiga ulanib, obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, yo‘l, elektr va suv ta’minotini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda madaniyat markazlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan yangi vazifalar belgilandi. Bu kabi loyihalar hududlar taraqqiyoti va aholi turmush sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qalbga quvonch, koʻzlarga nur bagʻishlab

Qurbon hayiti arafasida yurtimizda mehr-saxovat va insonparvarlik tamoyillari asosida...

Hayitni yangi uyda kutib olishdi

Yurtimizda inson qadri va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ezgu...

Minglab oilalarga hayitlik ulashildi

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentimiz tashabbusi asosida ehtiyojmand va...

Umid va quvonch ulashib…

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentimiz tashabbusi asosida yurtimizda og‘ir...
KunTun
KunTun