Mehr ulashgan bayram

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat uyi”da Qurbon hayiti munosabati bilan mehr va e’tiborga boy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun sport musobaqalari, sahna chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar namoyish etilib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi. Dasturxon yozilib, shirinlik va bayram taomlari tortiq qilinishi esa bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.

Tuman hokimligi vakillari tomonidan bildirilgan ezgu tilaklar va ko‘rsatilgan e’tibor jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga mehr ulashish va bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun