Qurbon hayiti ezgu amallar bilan qarshi olindi

Date:

Surxondaryo viloyatida Qurbon hayitining birinchi kuni shukronalik, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida boshlandi. Erta tongdan viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi 135 ta jome’ masjidda hayit namozlari ado etildi.

Muborak ibodatlarda 195 mingdan ortiq namozxon ishtirok etib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, dasturxonlarimiz to‘kinligi va Vatanimiz ravnaqi uchun duolar qilindi.

Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidida ham bayram shukuhi yanada yorqin namoyon bo‘lib, yuzlab fuqarolar ezgu niyat va tilaklar bilan hayit namozini ado etdilar.

Qurbon hayiti munosabati bilan hududlarda mehr-oqibat va saxovat tadbirlari ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Prezidentimizning qaroriga muvofiq, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 642 nafar bolada jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, ularda nogironlikning oldini olish, 647 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning depozit hisoblariga qo‘shimcha 200 AQSH dollaridan mablag‘ o‘tkazish, 138 nafar onkologik, gematologik va onkogematologik bemorlarning tashxislash hamda davolash xarajatlarini qoplash, shuningdek, 10 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini moliyalashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 20 139 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari yetkazib berilmoqda.

Muborak ayyom xalqimiz qalbida mehr-muruvvat, insonparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, ezgu qadriyatlarimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Beparvolik kechirilmaydi

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Atrof-muhit...

“Muharrir” klubi —so‘z va tafakkur maktabi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va...

Huquqiy muvozanat

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud tizimining o‘rni beqiyosdir....

Reja 112,2 foizga bajarildi

So‘nggi yillarda mamlakatimiz energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga...
KunTun
KunTun