Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Date:

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor G‘afur Tog‘ayev boshchiligidagi delegatsiya universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi va Xorijiy ta’lim kolleji rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqotlarda akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma magistratura loyihalari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “1+1” qo‘shma magistratura dasturida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning ta’lim jarayoni va yaratilgan imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Tashrif davomida TerDU vakillari Szyansu universitetining zamonaviy infratuzilmasi, innovatsion yondashuvlari va ilg‘or ta’lim tajribasi bilan ham yaqindan tanishmoqda.

Mazkur tashrif Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun