“Talabalar ligasi”ning gandbol bo‘yicha Respublika bosqichi uchrashuvlari murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Musobaqalar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga intilishini namoyon etmoqda.
Quvonarlisi, Termiz davlat universitetining talaba-qizlar jamoasi Namangan vakillarini 17:16 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endilikda navbat sportchi yigitlarimizga. Ularni andijonlik gandbolchilarga qarshi mas’uliyatli uchrashuv kutmoqda. Jamoamizdan yana bir yorqin g‘alaba kutamiz va sportchilarimizga omad tilaymiz!

