Noqonuniy reklamani fosh qilsa, mukofotlanadi

Date:

O‘zbekistonda raqobatga qarshi kelishuvlar hamda reklama qonunchiligini buzish holatlari haqida xabar bergan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi joriy etilishi mumkin. Bu bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, kartel kelishuvlari yoki noqonuniy reklama holatlarini aniqlashda yordam bergan shaxslarga undirilgan jarima mablag‘idan pul mukofoti beriladi. Jumladan, raqobatga qarshi kelishuvlarni fosh etganlarga jarimaning 3 foizigacha, reklama qonunchiligi buzilgani haqida ma’lumot berganlarga esa 10 foizigacha mukofot ajratilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, ayniqsa yashirin kartel va til biriktirishlarni aniqlash murakkab bo‘lib, bu jarayonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi tizim bozorda halol raqobatni ta’minlash va iste’molchilar manfaatini himoya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun