Insonparvarlik yordami yuborildi

Date:

Xalqaro hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillariga sodiqlik doirasida O‘zbekiston tomonidan Eronga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Dastlabki insonparvarlik yordami yuborilganidan ikki oy o‘tib, 15 ta yuk mashinasidan iborat navbatdagi gumanitar yuklar Eronga yetkazildi. Yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.

Gumanitar yordam Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Artyk–Lutfobod” nazorat-o‘tkazish punktida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi hamda Eron tomoni vakillari ishtirok etib, ushbu ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdilar.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik ruhining amaliy ifodasi sifatida e’tirof etilmoqda hamda murakkab vaziyatlarda ham insonparvarlik yondashuvi ustuvorligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun