Akbar Dostonov — million dollarlik grantlar sohibi

Date:

Bugungi kunda yoshlarning xalqaro ta’lim maydonida erishayotgan yutuqlari mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilarning dunyoning nufuzli universitetlariga grant asosida qabul qilinayotgani yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Akbar Dostonov AQSH, Shveysariya, Italiya va Kanadadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan qabul xatlarini oldi. U jami 32 ta universitetdan taklif olib, umumiy hisobda 2 million 165 ming AQSH dollaridan ortiq grantni qo‘lga kiritdi.

Xususan, Ohio Northern University, Augustana College, Ohio Wesleyan University kabi universitetlar tomonidan yuz minglab dollarlik grantlar taqdim etildi. Bu natija o‘quvchining bilim va salohiyati xalqaro miqyosda yuqori baholanganidan dalolat beradi.

Akbar Dostonovning ushbu muvaffaqiyati nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki Surxondaryo vohasi va yurtimiz ta’lim tizimi uchun ham muhim natija hisoblanadi. Bunday yutuqlar yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni katta maqsadlar sari ruhlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun