Vohadoshimiz Prezident sovg‘asiga sazovor

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar va pedagoglarning ma’naviy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jarayonda o‘tkazilayotgan respublika miqyosidagi tanlovlar bilimli va iqtidorli avlodni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Yosh kitobxon” respublika tanlovining final bosqichida 20–30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Unda Surxondaryo viloyatidan Uzun tumanidagi 34-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Fazilat Diyorova faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kitobxonlik, chuqur bilim va yuksak tafakkur namunasini ko‘rsatgan g‘olibaga Prezident sovg‘asi sifatida “BYD Chazor” elektromobili topshirildi.

Mazkur yutuq nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki butun Surxondaryo yoshlari uchun ham katta rag‘bat va ilhom manbayi bo‘lib, kitobga mehr va bilimga intilishning yorqin ifodasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun