Kuchli raqobat va yuqori natija

Date:

Sport — yoshlarni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan, yurt sha’nini xalqaro maydonda ulug‘laydigan muhim sohadir. Shu ma’noda, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumanining “Nurli diyor” mahallasida To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlab an’anaviy dzyudo musobaqasi tashkil etildi.

Nufuzli turnirda Surxondaryo vohasi polvonlari bilan bir qatorda respublikaning turli hududlari hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro musobaqalar va Olimpiada sovrindorlari ham ishtirok etdi. Sportchilar -66, -73, -90 va +90 kilogramm vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Unda Muzrabot tumani vakili Oybek Amonturdiyev 90 kilogramm vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun