“Janub gavhari” e’tirof etildi

Date:

Bugungi kunda talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda madaniy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Andijon viloyati Yoshlar markazida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berib, teatr san’atining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar haqida to‘xtaldi.

Festival yakunlariga ko‘ra, “Talabalar teatr studiyalari” yo‘nalishida Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom, statuetka va pul mukofotlari topshirildi.

Taqdirlash marosimi davomida tashkilotchilar va hakamlar hay’ati a’zolariga ham minnatdorlik bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun