Muhim vazifalar belgilandi

Date:

Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi bandligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Sariosiyo tumanida sektor rahbarlari va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari, mavjud muammo va kamchiliklar hamda bog‘dorchilik va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Xususan, mahsuldorlikni oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari faoliyatida qonunchilikka rioya qilish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, soliq qarzdorliklarini bartaraf etish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun