Ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Surxondaryo viloyatida muhim uchrashuv tashkil etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasida UNICEF, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda ta’lim tizimi vakillari ishtirokida loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan loyiha doirasida xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash va bolalarni himoya qilish tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutaxassislar hududlarda o‘smirlar va oilalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribalarni tahlil qilib, samaradorlikni oshirish yuzasidan takliflar bildirdilar.
Mazkur loyiha jamiyatda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va bolalar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

