Forum ilhom va motivatsiya ulashdi

Date:

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan  “Millat ziyosi: Ayol-qizlar forumi” hamda “Qizlar Akademiyasi” targ‘ibot platformasiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.


Unda 200 dan ortiq talaba qizlar ishtirok etib, 25 dan ortiq iqtidorli talabalar taqdirlandi. Shu bilan birga universitetning faol, intiluvchan va bilimga chanqoq talaba-qizlari  spikerlarning hayotiy tajribalari, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari xususida batafsil  ma’lumotlarga ega bo‘lib,  ilhomlantiruvchi fikrlaridan bahramand bo‘lishdi.


Samimiy suhbatlar, ochiq muloqotlar va qiziqarli savol-javoblar tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ayniqsa, qizlarning kelajakdagi maqsadlari, liderlik salohiyati va jamiyatda o‘z i o‘rni topishga qaratilgan  fikrlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida yosh qizlarni bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga hamda katta marralar sari dadil intilishga chorlovchi muhim g‘oyalar ilgari surildi.


TerDUda talaba-qizlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda yangi imkoniyatlar sari ruhlantirishga qaratilgan bunday loyihalar izchil davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun