“Ibratli oila” — jamiyat tayanchi

Date:

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” oyligi doirasida tumandagi namunali oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu yil 9 ta oila ushbu e’tirofga munosib deb topildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mazkur oilalarning farzandlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar ta’limi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Bunday e’tiroflar jamiyatda mustahkam oila muhitini shakllantirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ibratli hayot tarzini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun