9 yoshda B2

Date:

Denov tumanidagi 101-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Abduraxmonova Dilobar ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida katta yutuqqa erishdi. Atigi 9 yoshida bunday natijaga erishish nafaqat iqtidor, balki kuchli mehnat, qat’iyat va to‘g‘ri ta’lim muhitining samarasidir.

Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni mukammal o‘rganish yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchisining xalqaro talab darajasiga yaqin bo‘lgan B2 sertifikatini qo‘lga kiritgani mamlakatimizda ta’lim sifatiga qaratilayotgan e’tibor va yosh avlodning bilimga chanqoqligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Dilobarning muvaffaqiyati ortida uning ustozlari, ota-onasi va maktab jamoasining qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutadi. Xususan, maktab direktori Nasiba Djumaniyozovaning rag‘bati va ta’lim jarayoniga bo‘lgan talabchan yondashuvi yosh iste’dodning o‘z salohiyatini namoyon etishiga katta turtki bo‘ldi. Dilobarning onasi Guldasta opa ham ushbu natijada ustozlarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

Mutaxassislar fikricha, bolalarda xorijiy tillarni erta yoshdan o‘rgatish nafaqat til ko‘nikmalarini, balki tafakkur, muloqot va mustaqil fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu ma’noda Dilobarning yutug‘i minglab yoshlar uchun ilhom, ota-onalar va pedagoglar uchun esa ta’limdagi samarali hamkorlikning yorqin misoli bo‘lib xizmat qiladi.

Bugun Denovda kamol topayotgan ana shunday bilimli va intiluvchan yoshlar ertangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati va xalqaro maydondagi raqobatbardosh avlodini shakllantirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 yoshda B2

Denov tumanidagi 101-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi...

TINGLASH — SAN’ATDIR

Bir kuni podshoh vaziri bilan sayrga chiqibdi. Yo‘lda ketayotib,...

Mualliflik huquqi tiklandi

Adliya vazirligi amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese...

Ta’lim o‘yinga asoslansa…

Angor tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan...
KunTun
KunTun