Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov xalqaro ekspert Irina Stupak bilan mikroklonal ko‘paytirish va in vitro laboratoriyalari faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda viloyatdagi yagona zamonaviy laboratoriyaning imkoniyatlari alohida ta’kidlandi. Mazkur ilmiy maskanda yiliga 500 ming tupgacha kasalliklardan xoli, yuqori hosildor mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish mumkinligi hudud agrar sohasi uchun katta strategik ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni kengaytirish, xorijiy tajribalarni joriy etish va mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi. Ayniqsa, xorijiy mutaxassisni universitet faoliyatiga jalb etish masalasi TerDUning xalqaro ilmiy hamkorlik va innovatsion rivojlanish sari qat’iy intilayotganini ko‘rsatadi.
Bu tashabbuslar nafaqat ilm-fan rivoji, balki hududda zamonaviy agrobiotexnologiyalarni keng joriy etish, ekologik barqaror va sifatli ko‘chat yetishtirish tizimini shakllantirishda ham muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

