Imkoniyat va mahoratlar namoyon

Date:

“Inson uchun” festivali doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy salohiyati va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Abilympics — Imkoniyatlar olimpiadasi”ga tantanali start berildi. Unda Surxondaryo viloyatidan 7 nafar ishtirokchi 13 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.

Mazkur tanlov ishtirokchilarning kasbiy ko‘nikmalarini baholash, iqtidorli mutaxassislarni aniqlash hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali ularning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Abilympics” nafaqat musobaqa, balki imkoniyatlarni kengaytiruvchi, iqtidorlarni yuzaga chiqaruvchi va mehnat bozoriga yo‘l ochuvchi muhim platforma sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu yerda cheklovlar emas, imkoniyatlar ustuvor ekani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun