Bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda

Date:

Muzrabot tumanining Alpomish mahallasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida keng ko‘lamli qurilish va infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, loyihalar ijrosini joyida o‘rgandi.

Loyiha doirasida 37-sonli maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha o‘quv binosi, zamonaviy oshxona hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. Shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklari barpo etish, tungi yoritish tizimlarini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini yangilash ishlari ham olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Alpomish mahallasini rivojlantirish uchun 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sharoitlarini kengaytirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Inson uchun – 2026”: bandlikka keng yo‘l ochilmoqda

“Inson uchun – 2026” festivali doirasida mamlakatimiz hududlarida nogironligi...

Imkoniyat va mahoratlar namoyon

“Inson uchun” festivali doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy salohiyati...

Ssuda va subsidiya imkoniyatlari kengaydi

O‘zbekistonda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

“Prezident hojisi” maqomi berildi

Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi nuroniy Ravshan Safarovga 2026-yilgi muqaddas...
KunTun
KunTun