“Boysun bahori” – xalqaro madaniy muloqot markaziga aylandi

Date:

Boysun tumanida bo‘lib o‘tayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bu yil ham o‘zining yuksak darajasi va keng ko‘lamdagi ishtiroki bilan jahon jamoatchiligi e’tiborini tortmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan 150 ga yaqin folklor jamoalari o‘z milliy san’ati, urf-odatlari va an’analarini namoyish etmoqda. Festival doirasida hozirga qadar 50 ga yaqin davlatdan rasmiy delegatsiyalar ham ishtirok etgani uning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Festival 10 kun davom etishi bilan ham ahamiyatli bo‘lib, har kuni tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Ayni paytda kunlik tashriflar 70 ming nafarga yetgan. Shundan qariyb 5 ming nafari xorijiy mehmonlar bo‘lsa, 10 mingdan ortig‘i mamlakatimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlardir. Shuningdek, viloyatning turli tuman va shaharlaridan ham minglab aholi festival muhitida faol ishtirok etmoqda.

Tadbirni keng ommaga yetkazish uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Asosiy sahna — amfiteatrda 3 600 nafar tomoshabin bevosita jonli tarzda dasturlarni kuzatmoqda. Bundan tashqari, hududga o‘rnatilgan 4 ta yirik monitor orqali 10 mingdan ortiq tomoshabinlar festival jarayonlarini kuzatish imkoniga ega. Ikki yirik telekanal esa butun tadbirni jonli efirda namoyish etmoqda.

“Boysun bahori” bugungi kunda nafaqat madaniy festival, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlovchi, milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi va turizm salohiyatini yuksaltiruvchi muhim xalqaro platformaga aylanib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun