Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda O‘zbekistonni raqamli iqtisodiyotda yetakchi davlatlardan biriga aylantirish, AT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish hamda 300 ming nafar yoshlarni IT sohasida band qilish maqsadlari belgilab berildi.

Shu bilan birga, mamlakatda sun’iy intellekt yo‘nalishida 100 ga yaqin amaliy loyiha va 200 dan ortiq tajriba-sinov tashabbuslari amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida sanoat, tibbiyot, transport va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda sezilarli samaradorlikka erishilmoqda.

Eng muhim yangiliklardan biri sifatida maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalarini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Bu tashabbus yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda yangi startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, startaplar uchun Prezident tanlovlari mukofot jamg‘armasi kengaytirilib, sun’iy intellekt yo‘nalishida yangi tanlovlar joriy etilmoqda. “President AI Award” esa turli sohalarda innovatsion loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu islohotlar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun