Sog‘liqni saqlash tizimida yangi bosqich

Date:

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini tubdan yangilash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy sektor rolini kengaytirishga qaratilgan muhim taqdimot bilan tanishdi. Unda so‘nggi yillarda xususiy tibbiyot jadal rivojlangani qayd etildi: klinikalar soni 2016-yildagi 3,2 mingdan 2026-yilda 8,7 mingtaga yetishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, tizimda qator kamchiliklar mavjudligi ham ochiq aytildi. Xususan, xizmatlar sifati ustidan nazorat yetarli emasligi, litsenziyalash tizimi zamonaviy talablar darajasida emasligi hamda yagona elektron ma’lumotlar bazasining yo‘qligi muammolar sifatida ko‘rsatildi.

Islohotlar doirasida litsenziyalash talablari qayta ko‘rib chiqilib, bemor xavfsizligi va xizmat sifati ustuvor yo‘nalishga aylantiriladi. 2030-yilgacha barcha davlat tibbiyot muassasalarini majburiy litsenziyalash bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy klinikalarga keng imkoniyatlar berilib, ular davlat buyurtmalari asosida ham xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 million dollarlik imtiyozli kredit ajratish, soliq va bojxona yengilliklari berish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tibbiyot va farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun maxsus agentlik va “Health Invest” kompaniyasi tashkil etiladi.

Ushbu islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy, raqobatbardosh va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatadigan darajaga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun