Tarbiyada yangi yondashuv

Date:

Yosh avlodni ma’naviy barkamol, mustaqil fikrlaydigan va vatan taqdiriga daxldor shaxslar etib tarbiyalash bugungi ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Oltinsoy tuman MMT bo‘limi tasarrufidagi 66-sonli umumta’lim maktabida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar milliytarbiya.uz platformasi asosida interfaol usullarda o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan savol-javoblar va fikr almashuvlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Kelajak soati” darslari orqali o‘quvchilarda ilmga chanqoqlik, kelajakka ishonch va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat hissi yanada mustahkamlanmoqda.

Mana shunday zamonaviy yondashuvdagi mashg‘ulotlar yoshlarni ongli, bilimli va jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan barkamol avlod etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...

Samarali mexanizm

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va...
KunTun
KunTun