Investitsiyalar nazoratda

Date:

Hududlarda investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratilishining muhim omillaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Surxondaryo viloyati filiali vakillari hamda Muzrabot tumani hokimi A. Mamatqulov ishtirok etdi. Unda loyihalarning bajarilish sur’atlari, moliyalashtirish holati va iqtisodiy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim loyihalar hozirda faol bosqichda bo‘lib, yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, aniqlangan muammolar joyida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Mazkur tashabbus hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Investitsiya loyihalarini doimiy nazorat qilish va samaradorligini oshirish hududlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga zamin yaratadi.

Oldingi sahifaElektron qurilmalar ham nazorat ostida
Keyingi sahifaUmid

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun