Elektron qurilmalar ham nazorat ostida

Date:

Xalqaro safarlar soni ortib borayotgan bir paytda davlatlar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida chegara nazorati tartiblariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar ham fuqarolar uchun muhim yangilik hisoblanadi.

“Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq endilikda Rossiyaga kirish yoki chiqish jarayonida mobil telefon, planshet va noutbuk kabi elektron qurilmalar chegara xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin. Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bunday tekshiruvlar tashqi ko‘rinishni ko‘rib chiqish yoki zarurat tug‘ilganda qurilmani ko‘rsatishni talab qilish shaklida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, bu choralar barcha yo‘lovchilarga nisbatan emas, balki xavfsizlik nuqtayi nazaridan shubha tug‘ilganda yoki qoidabuzarlik ehtimoli mavjud holatlarda qo‘llaniladi. Belgilangan talablarga bo‘ysunmaslik esa 5 000–7 000 rubl miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar chegara xavfsizligini kuchaytirish, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni samarali tashkil etishga qaratilgan.

Xalqaro safarlarda har bir fuqaro qabul qiluvchi davlat qonun-qoidalariga rioya etishi muhimdir. Oldindan ma’lumotga ega bo‘lish esa noqulay vaziyatlarning oldini olib, sayohatni yanada xavfsiz va tartibli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun