Surxondaryo viloyatida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Uzun tumani 70-maktab jamoasi 1-o‘rinni egallab, bosh sovrin — kubokni qo‘lga kiritdi. Denov tumani 100-maktab jamoasi 2-o‘rinni, Termiz shahar 17-maktab jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, jamoaviylik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning jismoniy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

