Xalqaro maydonda yangi yutuq

Date:

Koreya Respublikasidan Web Technologies yo‘nalishi bo‘yicha bosh ekspert janob Ryu tomonidan bildirilgan yuksak e’tirof Termiz shahar 2-son texnikumi uchun muhim voqea bo‘ldi.

U o‘z maktubida texnikum o‘qituvchisi Kholmurodov Xumoyun Shodmonovich qisqa muddatda WorldSkills Uzbekistan rasmiy veb-saytini deyarli to‘liq ishlab chiqqanini hamda xalqaro darajadagi test loyihalarida samarali ishtirok etganini alohida ta’kidladi. Eng e’tiborlisi, yaratilgan sayt darajasi hatto Koreyada ham kam uchrashini yuqori baholadi.

Mazkur e’tirof — nafaqat bir o‘qituvchining yutug‘i, balki O‘zbekiston yoshlari va mutaxassislarining xalqaro maydondagi raqobatbardosh salohiyatini ko‘rsatadi. Bu esa mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va kasbiy ta’lim rivojiga berilayotgan e’tibor natijasining yorqin ifodasidir.

Shuningdek, koreyalik ekspert o‘zbekistonlik yoshlarning WorldSkills harakatidagi ishtirokini yuqori baholab, ularning kelajakda ham faol qatnashishiga ishonch bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun