Mazmunli dam, xizmatga hamdam

Date:

Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun “Qah-qaha kulgu” guruhi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Tadbir xizmatning mas’uliyatli muhitida ijobiy kayfiyatni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Konsert davomida sahnalashtirilgan qiziqarli chiqishlar va hayotiy hazillar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, zalda samimiy qah-qaha va olqishlar yangradi. Ayniqsa, harbiylar va ularning oila a’zolarining birgalikda hordiq chiqarishi tadbirning mazmunini yanada boyitdi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir harbiy xizmatchilarning ruhiy holatini yaxshilash, ularning xizmatga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alp tog‘larida muzliklar rekord tezlikda erimoqda

Shveytsariya Alp tog‘laridagi muzliklar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan tezlikda...

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...
KunTun
KunTun