So‘zda emas,amalda bo‘lsin…

Date:

Korrupsiya — bu nafaqat davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat, balki ishonch va adolat tamoyillarini yemiradigan eng xavfli ijtimoiy muammodir. Afsuski, ba’zi holatlarda ayrim mansabdorlar har chorakda korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash haqida balandparvoz chiqishlar qilsa-da, amaliyotda ushbu illatning ildiz otishiga bevosita yoki bilvosita sababchi bo‘lib qolayotgani jamiyatda jiddiy savollar tug‘diradi. Bunday qarama-qarshilik esa aholining ishonchini susaytirib, islohotlarning samaradorligiga soya soladi.
Shu nuqtayi nazardan, Surxondaryo viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga hududiy Kengash raisi Abdurayim Choriyev rahbarlik qildi. Unda Kengash a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdi.


Yig‘ilishda viloyat prokurori B. Babadjanov korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi mas’ullarning hisobotlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaviy holatlar ko‘paygani keskin tanqid ostiga olinib, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, tizimni sog‘lomlashtirish va javobgarlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu esa ushbu sohada islohotlar faqat qog‘ozda qolib ketmasligi kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Yig‘ilish yakunida barcha sohalarda korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Unutmaylik, korrupsiyaga qarshi kurash — bu bir martalik chaqiriq yoki rasmiy yig‘ilishlar mavzusi emas, balki doimiy, izchil va amaliy harakatlarni talab qiladigan jarayondir. Agar bu jarayonda so‘z va amal o‘rtasidagi tafovut kamaymasa, eng puxta dasturlar ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, bugungi eng muhim vazifa — nafaqat korrupsiyani tan olish, balki uni yuzaga keltiradigan sharoitlarni yo‘q qilish va har bir sohada real shaffoflikni ta’minlashdir.

S.ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Onlayn xavfsizlik: qanday himoyalanish mumkin?

Har kuni millionlab kishi internetdan foydalanadi — ammo ko‘pchilik...

Yoshlar va diniy bag‘rikenglik: bilim va tajriba orqali taraqqiyot

Zamonaviy jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy uyg‘unlikni mustahkamlash va yosh...

So‘zda emas,amalda bo‘lsin…

Korrupsiya — bu nafaqat davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotiga...

Ibn Sino avlodlaridan innovatsiya

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan Yoshlar...
KunTun
KunTun