Ibn Sino avlodlaridan innovatsiya

Date:

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan Yoshlar festivali doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Festival sahnalashtirilgan chiqishlar bilan boshlandi. Xususan, Amir Temur davri tibbiyotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino izdoshlari tomonidan namoyish etilgan sahnaviy chiqishlar milliy tibbiyot an’anasi va uning bugungi avlod tomonidan davom ettirilayotganini yaqqol ifoda etdi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari tashkil etilgan ko‘rgazma orqali yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvning muhim jihatlaridan biri — yoshlar tomonidan taqdim etilgan innovatsion startap loyihalar bo‘ldi.

Turli yo‘nalishlarni qamrab olgan ushbu tashabbuslar yoshlarning zamonaviy fikrlashi, amaliy yondashuvi va hudud rivojiga daxldorlik hissi ortib borayotganini ko‘rsatdi. Viloyat hokimi ularning har biriga alohida e’tibor qaratib, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Mazkur festival nafaqat iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamladi, balki ularning o‘zaro tajriba almashishi, yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishi uchun ham qulay platforma vazifasini o‘tadi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni Vatan taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning ovozini eshitish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning ilmiy innovatsion startaplari ijrosi viloyat hokimining shaxsan nazoratida ekanligi ta’kidlanib, yoshlarning sohada yarata-yotgan yangiliklari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilishi alohida aytib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar va diniy bag‘rikenglik: bilim va tajriba orqali taraqqiyot

Zamonaviy jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy uyg‘unlikni mustahkamlash va yosh...

So‘zda emas,amalda bo‘lsin…

Korrupsiya — bu nafaqat davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotiga...

Ibn Sino avlodlaridan innovatsiya

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan Yoshlar...

Ko‘p tarmoqli faoliyat — samaradorlik garovi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz...
KunTun
KunTun