Xavfsizlik muhim

Date:

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar fuqarolarni aeroportlar yaqinida bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanmaslikka chaqirmoqda, chunki bu parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, baland ko‘tarilgan varraklar samolyotlarning uchish va qo‘nish yo‘laklariga tushib qolishi, hatto dvigatellarga zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, mustahkam iplar texnik nosozliklar va favqulodda holatlarga sabab bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, aeroport atrofida varrak uchirish taqiqlangan bo‘lib, qoidabuzarlarga jarima yoki ma’muriy jazo qo‘llaniladi.

Shu bois, fuqarolardan varrak uchirishda xavfsiz hududlarni tanlash va belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.

Oldingi sahifaEzgu tashabbus
Keyingi sahifaShaffof va tizimli

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun