Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Date:

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida muhim infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda. Hududlarda yo‘l va yo‘laklar qurilishi, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr tarmoqlarini yangilash bilan birga, ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda.

Xususan, Dahnaijom mahallasida 96 o‘rinli qo‘shimcha maktab binosi qurilmoqda, shuningdek mikro GESlar o‘rnatish ishlari boshlangan. “Darband” mahallasidagi “Hamikabud” qishlog‘ida ko‘prik qurilishi davom etmoqda.

“Temir darvoza” mahallasida esa 50 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy shifokorlik punkti, selga qarshi himoya inshooti hamda “Navro‘z” qishlog‘ida 90 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.

Mazkur loyihalar hudud aholisi uchun qulay infratuzilma yaratish, turmush sifatini oshirish va kelajak taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tuman hokimi tomonidan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganilib, sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun