2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Date:


Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori bilan yo‘q qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudi Bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasining arizasini ko‘rib chiqib, mahsulotlarni egasiz deb topdi.

Sud qaroriga ko‘ra, 831 640 quti “Esse Change” va 999 956 quti “Milano” nomli jami qariyb 2 million quti kontrafakt sigaretalar yo‘q qilishga hukm qilindi.

2026-yil 13-mart kuni bojxona, Majburiy ijro byurosi, adliya organlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida mazkur tamaki mahsulotlari, shuningdek, ayrim kontrafakt alkogol va pirotexnika vositalari belgilangan tartibda yoqib yuborildi.

Bu kabi choralar noqonuniy mahsulotlar aylanmasiga chek qo‘yish, aholining sog‘lig‘ini himoya qilish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun