Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Date:

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida qator uchrashuv hamda amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda 326 nafar yosh ishsiz sifatida ro‘yxatda turibdi. Hisobot davriga qadar ularning 33 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Shuningdek, 8 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit ajratilib, 6 nafariga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlari berildi. Bundan tashqari, 45 nafar yosh tartibli mehnat migratsiyasi orqali ish bilan ta’minlandi, 15 nafari esa kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi.

Tadbir davomida yana 196 nafar ishsiz yoshga subsidiya asosida kompyuter jamlanmalari, qurilish-ta’mirlash uskunalari hamda qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun pechlar topshirildi.

Mutasaddilar ishtirokida o‘tgan uchrashuvlar yoshlarning o‘z biznesini boshlashi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda tumanda bandlik darajasini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun