Saxovat va mehr ulashildi

Date:

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sho‘rchi tumanida xayrli tadbirlar davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi homiyligida tumanda iftorlik tadbiri tashkil etildi.

Iftorlik dasturxoniga nuroniy otaxon-onaxonlar, ehtiyojmand oila vakillari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari taklif etildi. Tadbir davomida Ramazon oyining insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Iftorlik jarayonida yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lishi, xalqimizning birlik va hamjihatligi yanada mustahkamlanishi tilab duolar qilindi.

Bunday ezgu tadbirlar jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, muhtojlarga ko‘mak berish hamda milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolarga yechim bor

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib...

Hech bir nihol nobud bo‘lmasin

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash nafaqat davlat siyosati...

Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor...

Pulning “issig‘i” soviguncha…

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki,...
KunTun
KunTun