Ta’limda xalqaro tajriba

Date:

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi bosqichga chiqmoqda.

Ayni kunlarda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘ofur Tog‘ayev hamda moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Nurullo Xursandov Malayziyada xizmat safarida bo‘lib turishibdi. 9-mart kuni Malayziyaning nufuzli Utara universiteti bosh binosida ikki oliygoh o‘rtasida “Akademik almashinuv dasturi” bo‘yicha rasmiy hujjatlar almashildi.

Mazkur kelishuv Termiz davlat universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Malayziyaning ilg‘or ta’lim metodikalarini o‘rganish, xalqaro tajriba orttirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi.

Termiz davlat universiteti delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari doirasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Delegatsiya a’zolari Utara universitetining Kompyuter texnologiyalari fakultetida (School of Computing) bo‘lib, TerDU qoshida ochilishi rejalashtirilayotgan Utara Ta’lim markazi (UUM Learning Centre) loyihasini yakuniy muhokamadan o‘tkazdi. Mazkur markaz mintaqada kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya Utara universitetining mashhur Sultanah Bahiyah elektron kutubxona markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Unda raqamli resurslar va zamonaviy axborot-resurs markazlarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni Termiz davlat universitetida joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda TerDU delegatsiyasining xizmat safari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun