“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Date:

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida “Mehnat Rohat xususiy korxonasi” tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan sutni qayta ishlash loyihasi taqdimoti bilan tanishildi. Loyiha doirasida kefir, yogurt, qaymoq, smetana, pishloq, sir va brinza kabi sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Viloyat rahbari loyiha yuzasidan o‘z tavsiyalari va ko‘rsatmalarini berdi.

Korxona rahbari, tadbirkor Alisher Qurbonov tomonidan hozirda 1000 boshdan ortiq qoramol parvarish qilinmoqda. Yangi loyiha doirasida yana 1000 bosh qoramol olib kelib, chorvachilik faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi tashabbus asosida “Madaniyat” mahallasi va “Bodomzor” mahallasida chorvachilikka qiziquvchi 500 nafar fuqaroga kredit asosida sut yo‘nalishidagi sigirlar ajratish, shuningdek chorva uchun ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida yer maydonlari ajratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, loyiha doirasida zamonaviy texnologik uskunalarni Xitoy va Italiyadan olib kelish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida tadbirkor tomonidan ijtimoiy aksiya ham tashkil etilib, 300 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga go‘sht va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun