Kechagidan keskin farq qiladi

Date:

Termiz shahrida so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari nafaqat shaharning tashqi qiyofasini yangilamoqda, balki aholi farovonligi va bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ham yaratmoqda. Turarjoylar, savdo markazlari va sanoat obyektlari qurilishi bilan
bir qatorda, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Muhimi, mazkur obyektlarda qurilish jarayonlari qat’iy nazorat ostida olib borilayotgani kelgusida ularning uzoq yillar davomida xavfsiz va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Termiz shahrining “Surxon sohili” mahallasida, xalq orasida “taxta bozori” deb ataladigan hudud yaqinida tashkil etilayotgan yangi “temirchilik klasteri” ana shunday istiqbolli loyihalardan biridir. Temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ushbu majmua ishga tushirilgach, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat aholi bandligini ta’minlaydi, balki qurilish va sanoat loyihalari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali shahar iqtisodiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shadi.
E’tiborlisi, klaster barpo etilayotgan hudud ilgari qarovsiz qamishzor bo‘lib, undan na iqtisodiy samara va na soliq tushumi mavjud edi. Yaqin atrofda joylashgan eski bozor ham yillar davomida deyarli o‘zgarmay qolgan, tadbirkorlar va xaridorlar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan edi. Yangi loyiha
aynan ushbu hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Loyiha doirasida temirchilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi zamonaviy savdo va ishlab chiqarish maydonlari barpo etiladi. Bu yerda yarimtayyor mahsulotlar qayta ishlanib, tayyor mahsulot holatiga keltiriladi hamda shu hududning o‘zida sotuvga chiqariladi.
— Umumiy bozor qurilish maydoni 1,28 gektarni tashkil etadi, — deydi ish boshqaruvchi Jaloliddin Tursunov. — Savdo-qurilish majmuasining ichki qismiga yuk mashinalari kirib borishi, ikkinchi qavatga yuklarni ko‘tarish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bozor 6 ta blokdan iborat bo‘lib, 130 dan ortiq do‘kon qurilishi rejalashtirilgan.
Natijada zamonaviy infratuzilmaga ega yangi savdo majmuasida 150 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda hudud infratuzilmasini yaxshilash, muhandislik tarmoqlarini tortish, yo‘l va kommunikatsiyalarni tartibga keltirish ishlari izchil davom etmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan temirchilik klasteri qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Jarayon davomida ayrim ishlar loyiha grafigidan ortda qolayotgani qayd etildi. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishining kechikishiga sabab bo‘layotgani tanqid qilindi. Mas’ullarga loyiha ijrochilari bilan birgalikda qo‘shimcha kuch va resurslarni jalb etib, qurilish ishlarini jadallashtirish topshirig‘i berildi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari “Yangi Termiz City” majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Bu hududda turar joylar, tijorat va ijtimoiy obyektlardan iborat zamonaviy shahar majmuasi barpo etilmoqda. Mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2026-yilda 123 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi rejalashtirilgan.
— Bu yerda 16 qavatli turar joy binolarini barpo etmoqdamiz, — deydi bosh muhandis Naci Peker. — Qurilish jarayonida, eng avvalo, sifat masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binolar mustahkam poydevor asosida barpo etilmoqda. Maqsadimiz o‘zbek va turk mutaxassislari hamkorligida shaharda zamonaviy, qulay va xavfsiz uy-joylar qurishdir.
Bugungi bunyodkorlik ishlari Termizning kechagi manzarasi bilan keskin farq qiladi. Avvallari qarovsiz hududlar, eskirgan savdo joylari va yetarli infratuzilmaga ega bo‘lmagan bozorlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning o‘rnida zamonaviy savdo majmualari, ko‘p qavatli uylar va ishlab chiqarish klasterlari qad rostlamoqda.
Bu jarayon shahar iqtisodiyotini faollashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyat rahbari qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida ayrim muammolarga ham to‘xtaldi. Xususan, sanoat va qurilish obyektlarida yuk mashinalarining ortiqcha yuklama bilan harakatlanishi shahar yo‘llari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid qilindi. Shuningdek, ayrim obyektlar xususiylashtirish jarayonlaridagi kamchi-liklar sabab hali ham foydalanilmayotgani, investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmagani
natijasida rejalashtirilgan ish o‘rinlari yaratilmayotgani va mahalliy byudjetga tushumlar ta’minlanmayotgani qayd etildi.
Mas’ullarga bir hafta muddatda taqdim etilgan loyihalardagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususiylashtirish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish hamda bo‘sh turgan obyektlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Termizda amalga oshirilayotgan loyihalar shahar taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bermoqda. Qamishzor va qarovsiz hududlar o‘rnida ishlab chiqarish klasterlari, eski savdo maydonlari o‘rnida zamonaviy bozorlar, yangi turar joy massivlari paydo bo‘layotgani Termizning kelajakdagi iqtisodiy salohiyati va urbanistik qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘p tarmoqli faoliyat — samaradorlik garovi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz...

So‘zdan ma’noga: yoshlar lug‘at sirlarini o‘rganmoqda

Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “O‘zbek tilining...

Mansabdor ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurash izchil davom etayotganiga qaramay, ayrim mansabdor...

Jazosi og‘ir bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bezorilik jinoyati uchun javobgarlikni kuchaytirishga...
KunTun
KunTun