Yangi maktab xizmatga shay

Date:

Muzrabot tumanidagi 3-son umumta’lim maktabi uchun 180 o‘rinli yangi bino qayta qurilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla faollari, mehnat faxriylari, nuroniylar, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi joriy yilda tumanda ta’lim infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida yana 6 ta umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish hamda 9 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish ishlari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, ramziy lenta kesilib, yangi maktab binosi rasman foydalanishga topshirildi. Tadbir ishtirokchilari zamonaviy o‘quv xonalari, zarur jihozlar va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdilar.

Oldingi sahifaOgoh bo‘ling!
Keyingi sahifaBobur chempion bo‘ldi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun