Axborotdan foydalanish imkoniyati kengayadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Surxondaryo viloyatida davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun “Strategik kommunikatsiyalar va axborotdan foydalanish imkoniyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlarida xalqaro ekspertlar — Joan Barata Mir, Serxiy Shturxetskiy hamda milliy ekspert Madina Tursunova ishtirok etmoqda.

Trening davomida erkin bayonot berish tamoyillari, OAV erkinligi, strategik kommunikatsiyani samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot sohasidagi xalqaro va milliy huquqiy me’yorlar yuzasidan bilimlar berilmoqda. Amaliy keyslar asosida ochiqlik, shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash mexanizmlari muhokama qilinmoqda.

Mazkur seminar davlat organlari faoliyatining ochiqligini kuchaytirish, axborot xizmatlari kasbiy salohiyatini oshirish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun