Tanlovimiz — sog‘lom hayot

Date:

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda to‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish madaniyatini shakllantirish maqsadida Bandixon tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.

Tadbirda sportchilar, turli tashkilot va muassasalar xodimlari, ta’lim sohasi vakillari, yoshlar hamda nuroniylar faol ishtirok etdi. Marafon davomida jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni, kuchli immunitetni shakllantirish va sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilishning ahamiyati targ‘ib qilindi.

Mazkur tashabbus aholining salomatligini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini qaror toptirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun